Samarqand viloyati Oqdaryo tumani “Navro`z” MFYda sodir bo`lgan chaqnash bo`yicha birlamchi ma`lumot berildi.
Favqulotda vaziyatlar vazirligining xabar berishicha, 2021 yil 19 dekabr kuni soat 14:20da Oqdaryo tumani “Navro`z” MFY A.Temur ko`chasida joylashgan "Lazzat" oshxonasida chaqnash sodir bo`lgan (voqea joyida 2 ta propan gaz balloni bo`lgan).
Chaqnash natijasida oshxonaning taxminan 40 kv.m. maydonida shift qismi va jihozlar yongan. Birlamchi ma`lumotga ko`ra, 10 nafar fuqaro tan jarohati olib, tuman shifoxonasiga olib borilgan. Yong`in-qutqaruv ekipaji soat 14:23da hodisa joyiga etib borib, 14:29da yong`in qurshab olingan va soat 14:54da o`chirilgan.
Voqea joyiga viloyat hamda tuman FV bo`limi rahbar xodimlari, IIB, Prokuratura, Tibbiyot, Gaz xizmatlari xodimlari va 2 ta yong`in-qutqaruv ekipaji jalb etilgan.
Sodir bo`lgan holat yuzasidan dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilgan.
Ma’lumot uchun: avvalroq, Surxondaryo viloyati Denov tumanida “Indenim” savdo markazida ham portlash sodir bo‘lgani haqida xabar bergan edik.






