AsosiyJamiyat

Toshkent viloyatida hujjatsiz kondisioner "tashigan" haydovchiga chora ko`rildi

'Toshkent viloyatida hujjatsiz kondisioner "tashigan" haydovchiga chora ko`rildi'ning rasmi

2021 yil 17 dekabr kuni soat 20:50 larda, Toshkent viloyati, Ohangaron tumanida joylashgan "Chinor" YPX maskanida xizmat olib borayotgan YPX xodimlari tomonidan "Qo`qon-Toshkent" yo`nalishida harakatlanib kelayotgan "Cobalt" rusumli avtomobil to`xtatiladi.

Ma`lum bo`lishicha, avtomobil tekshirilganda, yukxonasi va salon qismida 25 ta qutida, xorijiy mamlakatda ishlab chiqarilgan, tegishli hujjatlari bo`lmagan "kondisioner"lar olib ketilayotganligi aniqlangan.

Tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, haydovchi, 1987 yilda tug`ilgan J.E hamda aniqlangan vositalar viloyat bojxona boshqarmasi kontrabandaga qarshi kurashish bo`limiga topshirilgan.

Boshqa yangiliklar