O`zbek futbolining eng yorqin yulduzlaridan biri, uzoq yillar davomida milliy terma jamoamizda betakror o`yinlar o`tkazgan Odil Ahmedov futbolchilik faoliyati yakunlanganini e`lon qildi. Bu haqda O`zbekiston futbol assosiasiyasi matbuot xizmati xabar berdi.
2007-yilda Odil milliy terma jamoa safida debyut qilgan. O`shandan beri 108 ta o`yin o`tkazdi va 21 ta gol urishga muvaffaq bo`ldi. 4 ta Jahon chempionati saralashida qatnashdi, 3 bor Osiyo kubogida ishtirok etdi va “O`zbekiston Respublikasida xizmat ko`rsatgan sportchi” faxriy unvoni bilan taqdirlandi.
Odil Ahmedov nafaqat O`zbekistonning, balki o`z vaqtida Osiyoning eng yorqin futbolchilaridan biriga aylandi. Ahmedov deganda ishonch, fidoyilik, jonkuyarlik timsollari ko`z oldimizga keladi.






