Ijtimoiy tarmoqlarda "Qamchiq" dovonida quyuq tuman tushganligi bois avtomobil yo`lida ko`rinuvchanlik qisqarganligi aytilgan video tarqalmoqda. Mazkur xabarlarga IIV YHXBB Matbuot xizmati tezkor munosabat bildirdi.
"Yuqoridagi suratlar ayni vaqtlarda olingan bo`lib, dovonda ob-havo sharoiti yaxshi, tuman yo`q, yo`llar quruq bo`lib, harakat xavfsizligi xodimlar tomonidan ta`minlanmoqda.
Barcha haydovchilardan qoidalarga rioya qilib harakatlanishlarini so`raymiz", - deyiladi xabarda.






