AsosiyJamiyat

Turizm va sport vazirligi va Madaniy meros agentligi yangi tanlov e`lon qildi

'Turizm va sport vazirligi va Madaniy meros agentligi yangi tanlov e`lon qildi'ning rasmi

2021-yilning 16-26-dekabr kunlari Turizm va sport vazirligi, Madaniy meros agentligi, “Milliy PR-markazi” Mamlakatimizning moddiy madaniy meros obektlari salohiyatini keng targ`ib qilish va yoritib berishga qaratilgan eng yaxshi qisqa metrajli videoroliklar ko`rik-tanlovini e`lon qildi.

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-fevraldagi “O`zbekiston Respublikasida ichki va ziyorat turizmini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi PF-6165-sonli Farmoniga muvofiq mamlakatning moddiy madaniy meros obektlari salohiyatini keng targ`ib qilish va yoritib berishga qaratilgan eng yaxshi qisqa metrajli videoroliklar ko`rik-tanlovi tashkil etilmoqda.  

Tanlovda ishtirokchining fuqaroligidan qat`iy nazar, 16 yoshga to`lgan barcha fuqarolar, ijodkorlar ishtirok etishlari mumkin. Ishtirokchilarga yakka tartibda yoki jamoa sifatida qatnashishga ruxsat beriladi. Tanlov haqidagi ma`lumotlar o`zbek, rus, ingliz tillarida Turizm va sport vazirligining rasmiy veb-sayti hamda ijtimoiy tarmoqlarida e`lon qilinadi.  

Tanlovga materiallarni 2021-yilning taqdim etish mumkin. Unda Respublikamizning diqqatga sazovor tarixiy qadamjolari, muzeylarining salohiyati ochib berishga qaratilgan videoroliklar saralanadi.

 

Tanlovning maqsadi:

  •  mamlakatning moddiy madaniy meros obektlari, muzeylari salohiyatini keng targ`ib qilish va yoritish;
  • madaniy meros obektlarini saqlash va himoya qilishga jamoatchilik rolini oshirish;
  • ushbu yo`nalishda qiziquvchi hamda faoliyat olib boradigan ijodkorlarni qo`llab-quvvatlash;
  • boy madaniy merosimiz to`g`risida xalqimiz hamda xorijliklarni xabardor etish.

Tanlov quyidagi mezonlar asosida o`tkaziladi:

  •  o`ziga xoslilik;  
  • rolikning O`zbekiston, shuningdek, dunyoning boshqa mamlakatlari aholisi uchun tushunarli va jozibadorligi;
  • rolikning madaniy meros obekti joylashgan hududning omillari (tarixiy, madaniy, tabiiy va boshqalar) bilan uyg`unligi;
  • rolikda madaniy meros obekti jozibadorligini to`liq ochib berishi.
  • Tanlovga taqdim etiladigan videorolikka qo`yiladigan talablar:
  • videoroliklarning formati -AVI, MPEG-4, MP4, MOV;
  • videoroliklarning o`lchami – 720r (1280x720)  
  • videoroliklarning davomiyligi– 1,5-3 daqiqagacha;
  • rolik oxirida muallifning F.I.Sh (tashkilot nomi), videomaterial nomi ko`rsatilishi kerak.  

  Videomateriallar quyidagi mezonlar bo`yicha baholanadi:

  • mavzuga mosligi, videorolik tanlov mavzusiga hamda tanlov oldiga
  • qo`yilgan maqsad va vazifalarga mos kelishi;
  • g`oyaning yangiligi. Videorolik syujeti original bo`lib, boshqa videoroliklarning syujet va g`oyasini takrorlamasligi kerak.
  • qisqa metrajli videoroliklar tanloviga ariza topshirish 2021-yilning  26-dekabr kuni soat 24.00 ga qadar qabul qilinadi va saralanadi.

Saralangan videoroliklar 2021-yilning 27-dekabridan 29 - dekabr kuniga qadar ovoz yig`ish uchun Turizm va sport vazirligi hamda Madaniy meros agentligining veb sahifalari va ijtimoiy tarmoqlariga joylashtirilib, ovozga qo`yiladi. Ovoz berish 29 - dekabr soat 00:00ga qadar davom etadi. Eng ko`p ko`rilgan va “layk” yiqqan videoroliklar g`olib deb topiladi.

G`olib deb topilgan tanlov ishtirokchilari I, II, III - darajali diplomlar hamda quyidagi qimmatbaho sovg`alar bilan taqdirlanadi:

1-o`ringa notebook;

2-o`ringa planshet;

3-o`ringa smartfon.

  Tanlov ishtirokchilari tomonidan o`z videorolik va arizalarini elektron pochta orqali info@motas.uz (mavzu qismida “Mamlakatimizning moddiy madaniy meros obektlari salohiyatini keng targ`ib qilish va yoritib berishga qaratilgan eng yaxshi qisqa metrajli videoroliklar ko`rik-tanlovi”ga ko`rsatilishi shart) yuboriladi. Arizada muallifning ism familiyasi otasining ismi va bog`lanish kontaktlari aniq ko`rsatilishi shart.

    Boshqa yangiliklar