Tuman hokimi Anvarjon Otaxojaev Xalq deputatlari Chortoq tumani Kengashining navbatdagi o`ttiz beshinchi sessiyasida anashu masalalarga alohida to`xtaldi.
Chortoq markazida joylashgan markaziy dehqon bozorining qurilishi ikki yildirki bitmaydi... Xullas aholining haqli e`tirozlariga sabab bo`layotgan bu masala OAV tomonidan ham bir necha marotaba bong urilgan.
-Bozor bo`yicha barcha masalalar hal bo`lgan va va`da berib ayta olamizki, 2022 yil Navro`z bayramiga tantanali ravishda foydalanishga topshiriladi, deya va`da berdi tuman hokimi (video)
Haftaning har seshanbasi hokimning fuqarolarni qabul qilish kuni. Nega qabulga aholi kam keladi? Bu muammolarga echim topilmasligi va fuqarolarni qabulga ishonmasligimi yoki hamma muammolar hal etilganligi boisdanmi?
Yil boshidan tuman hokimligiga, yuridik va jismoniy shaxslardan kelib tushgan murojaatlar soni 1342 tani tashkil etadi. Shundan, 1172 tasi (87,3%) qanoatlantirilgan, 158 tasiga (11%) huquqiy maslahat berish orqali tushuntirilgan, 12 tasi (1,7%) ko`rib chiqish jarayonida.
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq va Virtual qabulxonalari orqali tuman hokimligiga jami 1 428 ta murojaatlar kelib tushgan bo`lib, shundan, 1 121 tasi (78.5%) qanoatlantirilgan, 264 tasi (18%) huquqiy maslahat berish orqali tushuntirish berilgan, 43 tasi (3.5%) xozirda o`rganish jarayonida.
Hokim o`z murojaatida 2021 yilda tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2022 yilga belgilangan rejalar to`g`risida batafsil to`xtalib o`tdi. Jumladan, 2021 yil yanvar-noyabr oylari yakuni bilan o`tgan yilga nisbatan sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish 106,2 foiz, qishloq xo`jaligi mahsulotlari 104,3 foiz, pudrat ishlari 109,6 foiz, chakana savdo aylanmasi 106,7 foiz va jami xizmat hajmi 121,8 foizni tashkil etmoqda.
Aholi jon boshiga sanoat mahsulotlari ulushi 1 238,0 ming so`mni, qishloq xo`jaligi mahsulotlari 6 833,3 ming so`mni, pudrat ishlari 1 533,9 ming so`mni, chakana savdo aylanmasi 2 854,2 ming.so`mni va xizmat hajmi 3 609,5 ming so`mni tashkil etdi.
Umida Qo`shoqova






