AsosiyJamiyat

Sovuq, tuman, kuchli yog`ingarchilik... Dam olish kunlari qaysi hududda qanday ob-havo bo`lishi ma`lum qilindi

'Sovuq, tuman, kuchli yog`ingarchilik... Dam olish kunlari qaysi hududda qanday ob-havo bo`lishi ma`lum qilindi'ning rasmi

O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati xabariga ko`ra, bugun respublika bo`yicha 7-12° iliq bo`lgan harorat bilan iliq va quruq ob-havo bo`lishi kutilmoqda.

Ertaga respublika hududining katta qismida yog`ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi, faqat shimoliy hududlarga Kaspiy dengizi hududlaridan nam havo massalari kirib keladi, buning hisobiga faqat kechki soatlarda Qoraqalpog`istonda va Xorazm viloyatida biroz yomg`ir yog`ishi kuzatiladi. Havo harorati kechasi 2° sovuq-3° iliqni tashkil etadi, kunduzi 14-17° iliqgacha ko`tariladi.

Yakshanba kuni ko`pchilik viloyatlarda yomg`ir yog`ishi kuzatiladi. Tog`larda yog`ingarchilik, ba`zi joylarda kuchli bo`ladi. Respublikaning shimolida biroz yomg`ir yog`ishi ertalab to`xtaydi. Harorat kechasi 0-5° iliq atrofida bo`ladi, kunduzi 8-13° iliqqacha pasayadi.

Respublika bo`yicha ba`zi joylarga tuman tushishi kutilmoqda.

    Boshqa yangiliklar