Ijtimoiy tarmoqda Qashqadaryo viloyati IIB YHXB YPX xodimi Sh.Bobodo`stov tomonidan 2021 yil 6 iyul kuni Kitob tumani hududida "Lacetti" rusumli avtomobil haydovchisi D.N.ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi Kodeksning 135-moddasi 2-qismi tartibida noto`g`ri bayonnoma rasmiylashtirilganligi keltirilgan xabar tarqaldi.
Unda aytilishicha, YPX xodimi qarzdorlik uchun to`xtatib haydovchiga qarzi borligini aytgan va hujjatlarini olib qolib, qarzni to`lab kelishni aytib jo`natib yuborgan. Haydovchi qaytib kelganda esa xodim voqea joyida yo`q.
Hujjatlarini izlab bo`limga borsa unga yo`l harakati qoidalarining 7-bandi ya`ni tegishli hujjatlarsiz avtomashina boshqarganlik vaji bilan ma`muriy bayonnoma tuzilganligini ma`lum qilishgan va MJTKning 135-moddasi 2-qismi bilan bazavoy hisoblash miqdorining 5 baravari miqdorida jarima solingan.
Yo`l harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasi️ning ma`lum qilishicha, mazkur xabar yuzasidan Qashqadaryo viloyati IIB YHXB mas`ul xodimlari tomonidan xizmat tekshiruvi o`tkazilmoqda. Tekshiruv mobaynida rasmiylashtirilgan bayonnomaga huquqiy baho beriladi.






