AsosiyJamiyat

So`nggi ikki oy ichida issiqlik tizimida 27ta avariya sodir bo`ldi. Asosiy sabab...

'So`nggi ikki oy ichida issiqlik tizimida 27ta avariya sodir bo`ldi. Asosiy sabab...'ning rasmi

So`nggi ikki oy ichida issiqlik tizimida 27ta avariya sodir bo`ldi. Aksariyat avariyalar sababi — elektr ta`minotidagi uzilishlardir. 

Bu haqda AOKAda o`tkazilgan brifingda Uy-joy kommunal xizmat ko`rsatish vazirligi vazir o`rinbosari Qurbon Tursunov ma`lum qildi.  

Qayd etilishicha, sodir bo`lgan avariyalarning 7 tasi ko`p qavatli uylarning ichki tizimida, 7 tasi issiqlik tarmoqlarida, 3 ta tabiiy gaz ta`minoti bosimining pasayishi va 10 ta elektr energiyasi ta`minoti uzilishi natijasida sodir bo`lgan.

Toshkent shahridagi TS-4 qozonxonasidagi uzilishdan boshqa sezilarli darajadagi avariya holatlari sodir bo`lmadi. Hozirda barcha qozonxonalar bir maromda ishlamoqda.

 Bugungi kunda 505 ta qozonxona va 3 704 km issiqlik tarmoqlari orqali, 614 577 ta xonadondan iborat 13 366 ta ko`p qavatli uylar va 1 885 ta ijtimoiy soha ob`ektlari issiqlik energiyasi bilan ta`minlanmoqda.

    Boshqa yangiliklar