Italiya Oliy kassasion sudining qaroriga binoan ochlik hissini bartaraf etuvchi oziq-ovqat mahsulotlarini o`g`irlash endi mamlakatda jinoyat hisoblanmaydi, deb xabar berdi “Gazeta.ru” nashri.
Bunday qaror chiqarilishiga ishsiz, ukrainalik Roman Ostryakovning 2011 yilda supermarketdan ikki bo`lak pishloq va sosiska o`g`irlagani uchun 6 oy qamoq jazosi va €100 jarima to`langanligi sabab bo`lgan.
Ostryakov qorni ochligi tufayli jinoyat qilishga majbur bo`lganligini hisobga olib, sud uning harakatlarida jinoyat alomatlari yo`q degan qarorga kelgan.





