AsosiyJamiyat

Rossiyadagi mehnat migrantlarining maoshlari to`lab berilmayotgani aytilmoqda

'Rossiyadagi mehnat migrantlarining maoshlari to`lab berilmayotgani aytilmoqda'ning rasmi

Rossiyada mehnat qilayotgan o`zbek migrantlari Tashqi mehnat migrasiyasi agentligiga maoshlari to`lab berilmayotani yuzasidan murojaat yo`llagan.

Shundan so`ng, agentlikning Samara shahridagi vakolatxonasi xodimlari Samara shahri, N.Panov ko`chasida joylashgan qurilish ob`ektiga borib, mehnat migrantlari va ish beruvchi bilan uchrashuv o`tkazgan.

Muzokaralardan 13 nafar fuqaroning 800 ming rubl miqdoridagi ish haqi to`lanmayotgani ma`lum bo`lgan. Shundan so`ng, ish beruvchi vakili va uning o`zbekistonlik hamkori pullarini xarajat uchun ishlatgani, tez orada mehnat migrantlari ish haqining yarimini (400 ming rubl) to`lashini bildirib o`tadi.

    Boshqa yangiliklar