AsosiyJamiyat

Sirdaryoda o`zboshimchalik bilan qum-shag`al qazib olgan MChJ rahbari aniqlandi

'Sirdaryoda o`zboshimchalik bilan qum-shag`al qazib olgan MChJ rahbari aniqlandi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Xovos tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “X.Sh.” MChJ rahbari M.O. jamiyatga hamda “G`.N.” fermer xo`jaligiga intensiv bog` tashkil etish uchun ajratilgan jami 15,5 gektar er maydonidan 202,2 ming m3 qum-shag`al aralashmasini o`zboshimchalik bilan qazib olib sotgan.

Ma`lum bo`lishicha, MChJ davlat va jamiyat manfaatlariga 4,4 mlrd so`m zarar etkazilganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 192-11-moddasi (nodavlat tijorat tashkilotida mansabdor shaxslar tomonidan o`z vakolatlarini suiiste`mol qilish) va 229-moddasi (o`zboshimchalik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

Boshqa yangiliklar