Marshilonda inson o`limi bilan bog`liq ayanchli YTH sodir bo`ldi. Bu haqda "darakchi.uz"ga Farg`ona viloyati IIB Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ma`lum qilinishicha, kecha, 14 dekabr kuni soat 19:30 lar chamasida, Farg`ona viloyati Marg`ilon shahar Ahmad Yassaviy ko`chasida 1991 yilda tug`ilgan haydovchi “Damas” rusumli avtomobilni boshqarib borayotib, oldinda, qarama-qarshi tarafda harakatlanib kelayotgan 2000 yilda tug`ilgan haydovchi boshqaruvidagi “Cobalt” rusumli avtomobilni o`tkazib yubormasdan, orqaga qayrilib yuborishi natijasida to`qnashuv sodir etgan.
Natijada, “Damas” rusumli avtomobil haydovchisi R.X. kuyish tan jarohati bilan voqea joyida vafot etgan.






