AsosiyJamiyat

“Bu hammasi gaz rahbarlarining aybi” — prezident Denovdagi holatga munosabat bildirdi

'“Bu hammasi gaz rahbarlarining aybi” — prezident Denovdagi holatga munosabat bildirdi'ning rasmi

Prezident Shavkat Mirziyoev ishtirokidagi videoselektor yig`ilishida Denovda sodir bo`lgan portlash sabablariga to`xtalib o`tildi, deya xabar bermoqda Sardorbek Rahmonqulov.

“Bu hammasi gaz rahbarlarining aybi. Bo`lmasam aytilgan ekan, u erda bino qurish mumkin emas, deb. Hali ham bizni Xudo asradi. 2 kishi o`lib ketdi. Shuncha narsa bo`ldi. Buni ochiq aytish kerak. Hokimlar 1 yanvargacha o`z tumanlaridagi gaz tizimini xatlovdan o`tkazadi”, dedi prezident.

Surxondaryo viloyati hokimi To`ra Bobolovning aytishicha, bino o`rganilganda, gaz tizimida past bosimli trubaga o`rta bosimli truba ulab olingan. Shu sababli bino erto`lasida portlash sodir bo`lgan.

 

    Boshqa yangiliklar