“Kelgusi yil 21 ta qishloq tumanida 10 ming oila uchun “Yangi O`zbekiston” massivlari, maktab, bog`cha va tibbiyot maskanlari quriladi. Bu – hokim yordamchilari uchun servis va savdoni rivojlantirishga juda katta imkoniyat”, - dedi prezident Shavkat Mirziyoev ayni paytda davom etayotgan videoselektor yig`ilishida.
Shuningek, chegara oldida joylashgan 25 ta hamda hududidan xalqaro avtomagistral va temir yo`llari o`tgan 100 ta tumanlar savdo va logistika xizmatlari ko`rsatishga ixtisoslashadi.
Misol uchun, G`ijduvon tumanidan o`tgan “A-380” xalqaro avtomagistral yo`li yoqasida 245 ta aholi uy-joylari joylashgan. Ushbu uylarning birinchi qavatida xizmat ko`rsatishni yo`lga qo`yish sharti bilan, ko`p qavatli etib qayta qurish uchun imtiyozli kredit ajratish hisobiga kamida 1 mingta ish o`rni yaratiladi.
Shu bilan birga yig`ilishda G`ijduvonda 34 gektar maydonda Qoraqalpog`iston, Xorazm, Buxoro, Navoiy va Qashqadaryoni bog`lovchi viloyatlararo ulgurji savdo markazini qurib, 5 ming aholi bandligini ta`minlash mumkinligi ham aytib o`tildi.
Sardorbek Rahmonqulov






