AsosiyJamiyat

Farg`onada 23 ming xonadonning bir oylik iste`moliga teng miqdordagi elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi

'Farg`onada 23 ming xonadonning bir oylik iste`moliga teng miqdordagi elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi'ning rasmi

Joriy yil boshidan Farg`ona viloyati bo`yicha aholi iste`molchilari tomonidan 1268 ta holatda elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlangan bo`lib, ushbu noqonuniy holatlar yuzasidan umumiy 921,3 mln so`m qayta hisob-kitob ishlari amalga oshirilgan. Bu haqda “Farg`ona HETK” AJ Matbuot xizmati xabar qildi. 

Shuningdek, ma`lum qildinishicha, ulgurji iste`molchilar tomonidan 772 ta holatda elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlanib, umumiy hisobda 5 mlrd 850 mln so`mga qayta hisob-kitob ishlari amalga oshirilgan.

“Farg`ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan joylarda muntazam elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlarini oldini olishga qaratilgan reyd tadbirlari o`tkazib kelinmoqda.

O`tkazilayotgan tadbirlar davomida joylarda aniqlangan qoidabuzarlik holatlari yuzasidan tegishli tartibda dalolatnomalar rasmiylashtirilib, vaqtincha elektr tarmog`idan ajratilmoqda.

Joylarda elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlarining oldini olishga qaratilgan reyd tadbirlari davom etmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar