AsosiyJamiyat

Oqqo`rg`on tumanida mas`ul shaxs xizmat xonasida narkotik saqlab kelgani aniqlandi. Ishni yopmoqchi bo`lganida esa...

'Oqqo`rg`on tumanida mas`ul shaxs xizmat xonasida narkotik saqlab kelgani aniqlandi. Ishni yopmoqchi bo`lganida esa...'ning rasmi

Joriy yilning 8 dekabr kuni Oqqo`rg`on tumani IIB JQB xodimlari tomonidan “Birlik” mahallasida o`tkazilgan tezkor tadbir davomida, 1986 yilda tug`ilgan T.A.ning (xususiy tashkilotda avtotransport vositalariga lisenziya berish faoliyati bilan shug`ullanuvchi shaxs) xizmat xonasidagi idishda va yonidan o`ralgan holdagi 1.000 so`mlik kupyurada, giyohvand moddaga o`xshash modda borligi aniqlangan. Bu haqda Toshkent viloyati IIBB Matbuot xizmati xabar qildi.  

Ma`lum qilinishicha, giyohvandlik moddasi iste`moli uchun maxsus vosita tayyorlaganligi aniqlanib, xolislar ishtiroki daliliy ashyo sifatida rasmiylashtirilib olingan.

Shundan so`ng, T.A. mazkur holatni qayd etmaslik va ishni “yopdi-yopdi” qilish evaziga tuman IIB Jinoyat qidiruv bo`limi boshlig`iga $500 pora taklif qilgan.  

IIB xodimining bildirgisiga asosan o`tkazilgan tadbir davomida, fuqaro T.A. mablag`ning 5 mln so`mini berayotgan vaqtida IIV ShXBB Toshkent viloyati bo`yicha boshqarmasi tezkor xodimlari tomonidan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan fuqaro T.A. ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi JKning 211- va 276-moddasi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar