Kecha, 13 dekabr kuni soat 14:40 da Surxondaryo viloyati Termiz shahridagi uylardan birida yong`in chiqdi.
Favqulodda vaziyatlar vazirligining xabar berishicha, o`z vaqtida qilingan harakatlar tufayli fuqarolar hayoti saqlab qolindi.
"Yong`in-qutqaruv ekipajlari voqea joyiga soat 14:45 da etib borib, yong`in 14:47 da qurshab olingan va soat 14:55 da o`chirishgan. Qutqaruvchilarning say-harakatlari natijasida uyning 30 kv.m. maydoni saqlab qolindi. Shuningdek, yong`indan 5 nafar inson qutqarib olindi",-deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, bu vaqtda uyda 2 nafar voyaga etmagan bolalar ham bo`lgan va ular ham qutqarib qolingan.
Ta`kidlanishicha, yashash uyining 22 kv.m. maydondagi shift qismi va uy jihozlari yong`indan zararlangan.






