Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining «O`zbekiston Respublikasi davlat xizmatchilarining odob-axloq kodeksini tasdiqlash to`g`risida»gi qarori loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo`yildi.
Fuqarolar tomonidan va ijtimoiy tarmoqlarda ushbu qaror loyihasi bo`yicha bir qator savollar berilib, keng muhokamaga sabab bo`lmoqda.
Bugun AOKAda Adliya vazirligi axborot xizmati rahbari Sevara O`rinboeva ishtirokida o`tkazilgan brifingda mavzu yuzasidan ma`lumot berildi:
Umuman ushbu qarorni ishlab chiqish, davlat xizmatchilarining odob-axloq kodeksini qabul qilishning dolzabligi nimada edi?
" Qaror loyihasini ishlab chiqishning dolzarbligi shundaki, ishbu sohadagi normativ-huquqiy bazaning zamon talablariga javob bermasligi hamda davlat hokimiyati organlari qabul qilgan idoraviy odob-axloq qoidalarida belgilangan talablarning tarqoq ekanligidadir.
Shuningdek, Umum qabul qilingan Inson huquqlari deklarasiyasi, Fuqarolik va siyosiy huquqlar to`g`risidagi Xalqaro paktlarda ushbu hujjatlarni qabul qilgan DAVLATLAR o`z hududida yashovchi shasxlarning irqi, jinsi, tili, dini, siyosiy va boshqa e`tiqodlari, milliy yoki ijtimoiy kelib chiqishi, mulkiy va boshqa holatlardan qat`i nazar biror bir ayirmachiliksiz ularning ushbu Pakt bilan belgilangan huquqlarini ta`minlanilishi kerakligi belgilangan.
Ushbu holatlarni inobatga olgan holda “Davlat” deganimizda biz kimni tushunamiz albatta birinchi navbatda davlat xizmatchilarini. Shu sababli, ham ishimizda XOLISLIKNI TA`MINLASh va 130 dan ortiq millat va ellatlardan, turli din va konfessiyalardan iborat aholimizga xalol xizmat qilishimiz uchun ham bunday talab belgilanmoqda.
Hujjat bilan barcha davlat xizmatchilari uchun majburiy bo`lgan odob-axloq qoidalarining yagona standarti joriy qilinmoqda.
Odob-axloq kodeksi loyihasi 6 ta bob va 53 ta moddadan iborat bo`lib, davlat xizmatchilarining davlat organi va tashkiloti zimmasiga yuklatilgan vazifa va funksiyalarni amalga oshirishda rioya qilishi lozim bo`lgan talablarni o`z ichiga qamrab olgan."






