AsosiyJamiyat

Toshkentdagi harbiy shaharcha onlayn auksionda 266 mlrd so`mga sotildi

'Toshkentdagi harbiy shaharcha onlayn auksionda 266 mlrd so`mga sotildi'ning rasmi

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan onlayn auksionga qo`yilgan Toshkent shahri Chilonzor tumanidagi 28 gektar erda joylashgan harbiy shaharcha bino va inshootlari 266,4 mlrd so`mga sotildi. Bu haqda E-AUKSION rasmiy kanalida xabar qilindi.

Ma`lum qilinishicha, bugun, 13 dekabr kuni Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan onlayn auksionga qo`yilgan davlat mulki bo`yicha 3 nafar ishtirokchi o`rtasida qizg`in bahs bordi.

Boshlang`ich narxi 204 mlrd. so`m bo`lgan davlat mulki 1 soat 23 minut davom etgan savdoda 15 qadam narxi oshirilib 266,4 mlrd. so`mga sotildi.

Savdoda “Do'mbrobod city group” MChJ g`olib va “Build power” MChJ rezerv g`olib deb topildi.

 

    Boshqa yangiliklar