AsosiyJamiyat

O`zbekistonliklar Yangi yil bayramida 5 kun dam oladi

'O`zbekistonliklar Yangi yil bayramida 5 kun dam oladi'ning rasmi

Prezidentning «2022 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo`shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko`chirish to`g`risida»gi farmoni loyihasi e'lon qilindi.

Farmon loyihasiga ko`ra, 2022 yilda 3-yanvar —dushanba, 4-yanvar —seshanba qo`shimcha dam olish kuni etib belgilanishi kutilmoqda. 

Demak, Farmon qabul qilinsa barcha xodimlar 5 kun: 31-dekabr, 1-4-yanvar kunlari dam olishlari mumkin!  

Ma`lumot uchun: barcha xodimlarning Yangi yilda 3 kun (31-dekabr, 1-2-yanvar kunlari) dam olishlari aniq! Agar yuqoridagi farmon qabul qilinsa unda barcha xodimlar 3-4-yanvar kunlari ham ya`ni jami  5 kun dam olishlari mumkin bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar