AsosiyJamiyat

Innovasion rivojlanish vazirligi va Turkiya Fanlar akademiyasi qo`shma doktorantura dasturini yo`lga qo`ymoqda

'Innovasion rivojlanish vazirligi va Turkiya Fanlar akademiyasi qo`shma doktorantura dasturini yo`lga qo`ymoqda'ning rasmi

Innovasion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov Turkiya Fanlar Akademiyasi Prezidenti  Muzaffer Sheker bilan uchrashdi. Ma`lum bo`lishicha, uchrashuvda mamlakatlar o`rtasida ilm-fan va innovasiyalar sohasida, xususan fizika-matematika, biologiya va kimyo sohalarida hamkorlikni yo`lga qo`yish masalalari muhokama qilindi. 

O`zbekiston Innovasion rivojlanish vazirligining ma`lum qilishicha, tomonlar quyidagi masalalar bo`yicha kelishuvga erishishgan.

  •  Ikki tomondan "3+3" (uch kishi turk tomonidan, uch kishi o`zbek tomonidan) formatda moliyalashtiradigan Turkiyadagi ilmiy va ta`lim muassasalarida doktorantura dasturini yo`lga qo`yish. Kelgusi yildan doktorantlar sonini "5+5" formatiga  va bosqichma-bosqich yanada kengaytirish;
  •  Innovasion rivojlanish vazirligi hamkorligida Turkiya Fanlar akademiyasi va O`zbekiston Fanlar akademiyasi o`rtasidagi ilmiy hamkorlikni yo`lga qo`yish;
  •  O`zbekistondagi ilmiy kengashlarga Turkiya olimlarini jalb qilish va Davlat ilmiy-texnik dasturi doirasidagi loyihalarga turk olimlarining xulosasini olish amaliyotini yo`lga qo`yish;
  •  2022 yildan boshlab 20 nafar olimlarning Turkiyadagi qisqa muddatli (3 oylik) ilmiy malaka oshirish kurslarini tashkil etish.

"Suhbat so`ngida aloqalarning asosiy yo`nalishlari belgilangan hamkorlik kelishuvi imzolandi",-deya ma`lum qilinadi xabarda.

Boshqa yangiliklar