Bu haqda Toshkent shahar hokimining “Yangi tariflar joriy qilinishi to`g`risida”gi qarori loyihasida e`lon qilindi.
Hujjat bilan shahar yo`lovchilar transporti - avtobus va metropolitenda yo`l haqi bir yo`lovchi uchun – 1 700 (bir ming etti yuz) so`m etib belgianmoqda. Shuningdek, bir yo`lovchining bagajini tashish bo`yicha xizmat uchun - 3 000 (uch ming) so`m miqdorda haq olinadi.
Ma`lumot uchun, mos ravishda transport kartalarining tarif rejalari narxi ham oshiriladi.
Qayd etilishicha, bundan Toshkent shahrida umumiy foydalaniladigan transportda yo`lkira haqini to`lashda transport kartalaridan foydalanuvchi yo`lovchilar qamrovini oshirish va tabaqalashgan tariflar joriy etish orqali shahar yo`lovchilar transporti korxonalari moliyaviy-xo`jalik faoliyatining samaradorligini oshirish, yo`lovchi tashishdan ko`rilayotgan zarar miqdorini kamaytirish maqsad qilingan.






