AsosiyJamiyat

Bugun ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi, qorga aylanishi mumkin - "O`zgidromet"

'Bugun ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi, qorga aylanishi mumkin - "O`zgidromet"'ning rasmi

Bugun, 13 dekabr kunduz kuni O`zbekistonda havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi. "O`zgidromet" ma`lumotiga ko`ra, yomg`ir qorga aylanishi mumkin.

Qoraqalpog`istonda, Xorazm, Andijon, Namangan, Farg`ona viloyatlarida yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 4-9° iliq, shimolda 2° sovuq-3 iliq bo`ladi.

Poytaxtda vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`adi, kechga tomon qorga aylanishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 7-9° iliq bo`ladi.

Tog`li hududlarda ba`zi joylarda yog`ingarchilik bo`ladi, kuchli bo`lishi, tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 0-5° iliq bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar