Joriy yilning 11 dekabr kuni soat 17:10 larda, Qashqadaryo viloyatida ayanchli YTH yuz berdi.
YHXBBning ma`lum qilishicha, hodisaga haydovchinining katta tezlikda harakatlanib, rul boshqaruvini yo`qotgani sabab bo`lgan.
"Nishon tumani hududidan o`tuvchi 4R-89 avtomobil yo`lining 31-kilometrida haydovchi, 1988 yilda tug`ilgan T.B. "Vaz-2103" rusumli avtomobilni yuqori tezlikda boshqarayotib, rul boshqaruvini yo`qotgan va qarama-qarshi yo`nalishdan harakatlanib kelayotgan, haydovchi, 1996 yilda tug`ilgan U.B. boshqaruvidagi "Isuzu" rusumli avtobus bilan to`qnashgan",-deya ma`lum qilinadi xabarda.
Natijada, "Vaz-2103" rusumli avtomobil haydovchisi og`ir tan jarohatlari olib voqea joyida vafot etgan hamda ushbu avtomobil yo`lovchisi, 2013 yilda tug`ilgan E.A. va "Isuzu" yo`lovchisi M.R. tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.
Mazkur YTH yuzasidan ayni damda Nishon tumani IIB huzuridagi TB tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilayotgani aytilmoqda.






