Buxoro viloyatidagi ko`p tarmoqli tibbiyot markazida ilk marta 43 yoshli erkakda buyrak transplantasiyasi amalga oshirildi.
O`zAning yozishicha,tibbiyot markazida ko`plab murakkab turdagi jarrohlik amaliyotlarini o`tkazish yo`lga qo`yilgan, biroq buyrak transplantasiyasi birinchi marotaba respublikaning etakchi mutaxassilari bilan hamkorlikda amalga oshirildi.
"O`zida mazkur murakkab jarrohlik amaliyotini o`tkazishga rozilik bildirgan birinchi bemor 43 yoshli Faxriddin Bafoev bo`ldi", – deydi markaz direktori Abdurahmon Norov.
Ta`kidlanishicha, u bemor necha yildan buyon buyrak etishmovchiligi bilan davolanib keladi. Buyrak ko`chirish uchun xorijga chiqishga imkoni bo`lmagani sabab O`zbekistonda yo`lga qo`yilgan amaliyotga rozilik bildirgan.
Ma`lumotga ko`ra, Faxriddin Bafoevga o`zining singlisi donorlik qilgan.






