Bugun,12 dekabr kuni tahminan soat 15:00 da Chilonzor tumani Do`mbirobod chorrahasida YTH yuz berdi. Bu haqda poytaxt IIB ma`lumot berdi.
Qayd etilishicha, 70-son marshrut bo`yicha harakatlanuvchi "Isuzu" rusumli avtobus haydovchisi boshqaruvni bajara olmasdan, bir nechta avtomobillar: "Labo" , "Spark" , "Nexia-3" , "Matiz" va yana bir "Matiz", "Lacetti" ,shuningdek, "Nexia-2" to`qnashuviga sabab bo`lgan.
Oqibatda avtobus yo`lovchisi va "Labo" haydovchisiga shikast etgan. Ta`qidlanishicha, ularga vaqtida tibbiy yordam ko`rsatilgan.
"Mazkur fakt bo`yicha Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan tergov oldi tekshiruvi o`tkazilmoqda", -deyiladi xabarda.






