Shu yilning 14-18 dekabr kunlari Belorus davlati poytaxti Minsk shahrida taekvondo ITF bo`yicha 14-17 yoshlilar hamda faxriylar o`rtasida Jahon chempionati o`tkaziladi.
Ushbu nufuzli musobaqada O`zbekiston nomidan 21 nafar sportchimiz ishtirok etishi kutilmoqda. Shuningdek, 16-20-dekabr kunlari Minsk shahrida o`smirlar, yoshlar va kattalar o`rtasida Jahon kubogi bahslari ham tashkil etiladi. Ushbu nufuzli musobaqada 64 nafar taekvondochimiz ishtirok etish uchun ariza berishgan.
O`zbekiston taekvondo ITF assosiasiyasi raisi Laziz Hasanov boshchiligidagi O`zbekiston sport delegasiyasi ertaga, 13 dekabr kuni Minsk shahriga uchib ketadi.






