AsosiyJamiyat

Toshkentda uchastka noziri 59 yosh otaxonni doimiy majburiy mehnatga jalb qilib kelganmi?

'Toshkentda uchastka noziri 59 yosh otaxonni doimiy majburiy mehnatga jalb qilib kelganmi?'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda “Uchastka noziri 59 yosh otaxonni doimiy majburiy mehnatga jalb qilib kelgani aytilmoqda” sarlavhali ostida video e`lon qilingan.

Toshkent shahar IIBB mazkur fakt bo`yicha quyidagilarni ma`lum qildi: 

Chilonzor tumani 1-son IIB huquqbuzarliklar profilaktikasi katta inspektori podpolkovnik O. Mamatov profilaktika inspektorlari leytenant A. Safarov va profilaktika inspektori yordamchisi N. Maxmadiyorovlar bilan birga chiqindi to`plash punkti ishchisi – muqaddam sudlangan 59 yoshli Nuriddin Z.ga muntazam spirtli ichimlik ichib fuqarolarning tinchligini buzganligi uchun tanbeh berishgan. Xodimlar uni hududni obodonlashtirish ishlarida qatnashishga chaqirishgan. Ammo Nuriddin Z. buni rad etgach, u va ichki ishlar organi xodimi o`rtasida kelishmovchilik yuzaga kelgan.

Profilaktika inspektoriga nisbatan Toshkent shahar IIBB rahbariyati tomonidan xizmat tekshiruvi tayinlandi. Tekshiruv natijalari bo`yicha holatga huquqiy baho beriladi.

    Boshqa yangiliklar