Adliya vazirligi axborot xizmatining xabar berishicha, qonunchilikni kuchaytirish bo`yicha quyidagi takliflar ilgari surildi:
1. Qonunchilikka „ta`qib etish“ (stalking) tushunchasini kiritish hamda ta`qib ostida qolgan xotin-qizlarga ham himoya orderi berish tizimini joriy etish;
2. Ish yoki o`qishdagi jabrlanuvchi va tazyiq o`tkazgan shaxs o`rtasidagi har qanday aloqalarni cheklash;
3. Xotin-qizlarning intim foto-videolarini tarqatganlik uchun alohida javobgarlikni belgilash;
4. Shelterlar sonini ko`paytirish. Bunda tadbirkorlarga imtiyozlar berish;
5. Ayollarga «gap otish», nafsoniyatga tegishi mumkin bo`lgan gap-so`zlarni aytishni taqiqlash va ushbu harakatlar uchun ma`muriy javobgarlik chorasini belgilash.






