Turkmanistonda hukumat yig`ilishida gumanitar yuklarni tayyorlash bo`yicha mamlakat prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov buyruq imzoladi. Bu haqda tarjumon.uz «Neytral Turkmaniston» gazetasiga tayanib xabar bermoqda.
Buyruqqa ko`ra, «Qishloq xo`jaligi, to`qimachilik sanoati vazirliklari, «Turkmangaz» davlat konserni, Seydi neftni qayta ishlash zavodi, «Turkmanboshi» neftni qayta ishlash kombinati hamda Sanoatchilar va tadbirkorlar ittifoqi ro`yxatda ko`rsatilgan tovarlarni Afg`onistonga insonparvarlik yordami sifatida topshirish» ko`zda tutilgan.
Taxminan 2 hafta oldin Ashxobodda bo`lib o`tgan EKO sammitida Turkmaniston rahbari janubiy qo`shnisiga zudlik bilan gumanitar yordam ko`rsatishga chaqirgan va 4 dekabr kuni uni tayyorlash bo`yicha to`g`ridan-to`g`ri topshiriq bergan edi.






