AsosiyJamiyat

Izboskanda boshlang`ich sinf o`qituvchisi sinfda kimni yoki nimani haqoratladi? XTV vaziyatni o`rgandi

'Izboskanda boshlang`ich sinf o`qituvchisi sinfda kimni yoki nimani haqoratladi? XTV vaziyatni o`rgandi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda o`qituvchi tomonidan o`quvchilarga nomaqbul so`zlar ishlataganligi tasviri tushirilgan videolavhani Xalq ta`limi vazirligi izohladi.

Ma`lum bo`lishicha, mazkur holat Izboskan tumanidagi 3-umumta`lim maktabida yuz bergan. Holat tuman xalq ta`limi bo`limi tomonidan o`rganilganda, sinfni maktabga bo`lib o`tishi rejalashtirilgan madaniy tadbirga tayyorlash jarayonini maktabning boshlang`ich sinf o`qituvchisi N.R videotasvirga olish vaqtida uyali aloqa vositasining quvvati tugash signalini berganligi tufayli noo`rin so`zlarni ishlatib yuborishiga sabab bo`lganligi ma`lum qilindi.

"Xalq ta`limi vazirligi barcha ustoz-pedagoglardan ustozlik kasbi sharafli va ulug` kasb ekanligini, har bir pedagog yosh avlodni aqlan va jismonan barkamol etib tarbiyalash kabi mas`uliyatli vazifani bajarishda ustozlik nomiga dog` tushirmaslikni hamda odob-ahloq qoidalariga qat`iy rioya qilishlarini talab qiladi" deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar