AsosiyDunyo

Garri Potterning birinchi nashri kimoshdi savdosida rekord darajada sotildi

'Garri Potterning birinchi nashri kimoshdi savdosida rekord darajada sotildi'ning rasmi

AQShda Britaniyalik yozuvchi Joan Rouling qalamiga mansub Garri Potter va sehrgarning toshi” romanining birinchi nashri Heritage Auctions kimoshdi savdosida sotildi. Bu haqda Forbes xabar berdi.

Qayd etilishicha, qattiq muqovali kitob rekord darajada - 471 ming dollarga sotildi. Bu kitob XX asr uchun eng qimmat kitob hisoblanadi. 

Ma`lumot uchun, mazkur kitob 1997 yilda Bloomsbury Publishing tomonidan nashr etilgan. Kitob 500 nusxada chop etilgan. Kitoblarning aksariyati kutubxona va maktablarga jo`natilgan.

Boshqa yangiliklar