Toshkent shahrida “Yunusobod” sport majmuasida og`ir atletika bo`yicha kattalar o`rtasidagi jahon chempionati bo`lib o`tmoqda.
Bugungi kun hamyurtlarimiz uchun omadli o`tmoqda. Hozirgina -67 kg vazn toifasida medallar uchun kurashda sportchimiz Doston Yoqubov 2 ta oltin bitta kumush medalini terma jamoamiz hisobiga yozib qo`ydi.
Doston dast ko`tarish mashqida 144 kg natija bilan ikkinchi o`rinni band etgan edi. Siltab ko`tarish mashqida esa hamyurtimiz 180 kg toshni o`ziga bo`ysundirib, siltab ko`tarishda va ikki kurashda barcha raqiblarini ortda qoldirdi.
Og`ir atletika bo`yicha JCh, -67 kg:
1. Doston Yoqubov (O`zbekiston) – 324 kg (144+180)
2. Fransisko Moskera (Kolumbiya) – 316 kg (137+179)
3. Zulfat Garaev (Rossiya) – 315 kg (146+169)






