Rossiyaning Nijniy Novgorod viloyatida ishchilarni olib ketayotgan avtobus bilan sodir bo`lgan YTHda jabrlanganlar soni 11 nafarga etdi, deb xabar bermoqda viloyat prokuraturasi saytida, deya yozdi "interfax".
"Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, avtobus va yuk mashinasi to`qnashib ketgan. YTH oqibatida 11 kishi tibbiy yordam uchun murojaat qilgan, avtobus haydovchisi halok bo`lgan", — deyiladi xabarda.
Shuningdek, viloyat sog`liqni saqlash vaziri o`zining instagram sahifasida etti nafar jabrlanuvchi Arzamasdagi tez tibbiy yordam shifoxonasiga etkazilganini aytgan. Tibbiyot muassasasi jarohatlanganlarni qabul qilishga tayyorligini, navbatchi brigadasi travmatologlar, jarrohlar va anesteziologlar bilan mustahkamlanganini ta`kidladi.
Keyinroq viloyat Sog`liqni saqlash vazirligi jurnalistlarga YTH sodir bo`lgan joydan 10 nafar jabrlanuvchi (O`zbekiston fuqarolari) tibbiy ko`rikdan o`tkazilgani va ularni kasalxonaga yotqizishga hojat yo`qligini ma`lum qildi. “Ular yashash joyi bo`yicha ambulator davolanishga yuborildi”, — deyiladi xabarda.






