AsosiyJamiyat

O`zbekiston qovun-tarvuz eksportidan qancha daromad olgani ma`lum bo`ldi

'O`zbekiston qovun-tarvuz eksportidan qancha daromad olgani ma`lum bo`ldi'ning rasmi

 2021 yilning yanvar-oktyabr oylarida O`zbekiston xorijga qiymati 22,1 mln. AQSh dollariga teng bo`lgan 80,6 ming tonna qovun va tarvuz eksport qilgan. Bu haqda Davlat statistika qo`mitasi ma`lumot berdi.

Qayd etilishicha, bu yil O`zbekistonda etishtirilgan qovun va tarvuzlar 23 ta xorijiy davlatlar bozorlariga etkazib berilgan bo`lib, eksport hajmi o`tgan yilning mos davriga nisbatan 23,2 ming tonnaga kamaygan.

O`tgan 10 oy mobaynida O`zbekiston eng  ko`p qovun va tarvuz eksport qilgan davlatlar quyidagilar:

  • Qozog`iston – 33,3 ming tonna;
  • Rossiya – 20,2 ming tonna:
  • Qirg`iz R. – 13,8 ming tonna
  • Ukraina – 5,6 ming tonna;
  • Latviya – 2,9 ming tonna;
  • Belarus – 1,4 ming tonna;
  • Tojikiston – 1,4 ming tonna;
  • Germaniya – 1,2 ming tonna.

    Boshqa yangiliklar