AsosiyJamiyat

Samarqand aeroporti qachon ochilishi ma`lum qilindi

'Samarqand aeroporti qachon ochilishi ma`lum qilindi'ning rasmi

"Samarqand" xalqaro aeroporti 10-dekabrdan mintaqaviy va xalqaro qatnovlarga xizmat ko`rsatishga tayyor.

Ayni paytda, uzunligi 3 105 metr va kengligi 60 metrlik uchish-qo`nish yo`lagi, samolyotlar uchun 24 ta turargoh, uchjsh yolakchasi va perronni o`z ichiga olgan yangi aerodrom kompleksi qurilishi to`liq yakunlandi. Shuningdek, aerodrom majmuasida IKAO ikkinchi toifasiga mos keladigan, zamonaviy, energiya tejovchi yorug`lik signalizasiya uskunalari va qo`nish tizimi ornatilgan. Aerovokzal majmuasining qurilishi davom etmoqda.

Eslatib o`tamiz, "Samarqand" aeroporti 20-oktyabr kuni yangi aerodrom majmuasini ishga tushirishga tayyorgarlik ko`rish munosabati bilan yopilgan edi. Aviareyslar respublikaning boshqa – "Navoiy", "Buxoro", "Qarshi" xalqaro aeroportlariga vaqtincha yonaltilib, yo`lovchilar uchun Samarqandgacha er usti qatnovi tashkil qilingan edi.

Boshqa yangiliklar