7 dekabr kuni soat 03:57da Denov shahri Mustaqillik ko`chasida joylashgan 2 qavatli “Indenim” savdo majmuasi binosida portlash sodir bo`lgan edi.
Savdo majmuasida yuzaga kelgan chaqnash hodisasi bo`yicha Bosh prokuratura tomonidan Jinoyat kodeksining 257 (Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish) va 259 (Yong`in xavfsizligi qoidalarini buzish) moddalari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. Bu haqda Respublika Bosh prokurorining matbuot kotibi - axborot siyosati masalalari bo`yicha maslahatchisi xabar bermoqda.
Ma`lum qilinishicha, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.






