Uchko`prik tumanida fuqaroning 23,7 mln so`mini qo`lga kiritgan MFY raisi aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar bermoqda.
Departamentning Uchko`prik tuman bo`limi tomonidan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, tumandagi “T” MFY raisi M.M. fuqaro Sh.ga imtiyozli narxlarda uy olib berishni va`da qilib, aldov yo`li bilan uning 23,7 mln so`mini qo`lga kiritganligi aniqlanib, shundan 3 mln so`mini qaytarganligi holati prosessual tartibda rasmiylashtirilgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






