AsosiyJamiyat

Tinchlik o`rnatishda xotin-qizlarni birlashtirish masalasi ko`rib chiqildi

'Tinchlik o`rnatishda xotin-qizlarni birlashtirish masalasi ko`rib chiqildi'ning rasmi

Kuni kecha tinchlik o`rnatish va muzokaralar jarayonlarida ishtirok etuvchi etakchi ayollar uchun  videokonferensaloqa shaklida EXHT tarmoq platformasi bo`lib o`tdi.

Unda EXHT Bosh kotibi Xelga Mariya Shmid, Evropa tashqi harakatlar xizmati (EEAS) vositachilik masalalari bo`yicha katta maslahatchisi Ante Xerrberg, xorijiy parlamentlar, oliy o`quv yurtlari, tashkilotlar vakillari, yuristlar va tadqiqotchilar ishtirok etdi. Bu haqda Oliy Majlis Senati axborot xizmati ma`lum qildi.

Qayd etilishicha, platforma ishida O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Narbaeva so`zga chiqdi.

O`zbekistonda gender tenglikni ta`minlash, shu jumladan, xotin-qizlar manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan milliy qonunchilikni takomillashtirish borasida keng ko`lamli ishlar amalga oshirilayotgani ta`kidlandi. BMT ko`magida mintaqada ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash sohalarida xotin-qizlarning rolini oshirishga va Markaziy Osiyo davlatlari rahbariyatining qarorlarini amalga oshirishga ko`maklashishga qaratilgan Markaziy Osiyo mamlakatlari etakchi ayollar muloqoti tashkil etildi.

O`zbekiston EXHT ishtirokchi davlatlarining shunga o`xshash birlashmalari bilan Muloqot doirasida hamkorlik qilish uchun ochiq ekani alohida ta`kidlangan.

Mintaqaviy va xalqaro miqyosda xotin-qizlar masalalari bo`yicha hamkorlikni mustahkamlashga katta e`tibor qaratilayotgani aytilgan .

"Mamlakatimiz “Ayollar, tinchlik va xavfsizlik” global kun tartibiga, 2030 yilgacha bo`lgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi kun tartibiga, Global maqsadlarga erishish bo`yicha harakatlar o`n yilligiga va BMT shafeligida ishlab chiqilgan boshqa normativ doiralarga sodiqligini tasdiqlaydi", — deb ta`kidlaydi O`zbekiston parlamenti yuqori palatasi rahbari Narbaeva.

Shuningdek, majlislar davomida tadbir ishtirokchilari tinchlik o`rnatishda xotin-qizlarni birlashtirish va ularning rolini oshirish, vositachilikning inklyuziv jarayonini ishlab chiqish, ushbu yo`nalishda samarali va maslahat dasturlarini taqdim etish va boshqa masalalarni ham ko`rib chiqishgan.

    Boshqa yangiliklar