"O`zgidromet" xabariga ko`ra, bugun kunduz kuni O`zbekistonda havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Hududlarda shamol 15-20 m/s tezlikgacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 13-18° iliqni tashkil etadi.
Poytaxtda yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Ertalab tuman tushadi. Havo harorati 14-16° iliq bo`ladi.
Tog`li hududlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 9-14° iliq bo`ladi.






