AsosiyJamiyat

Toshkentdan Andijonga qo`shimcha poezd reyslari qatnovi yo`lga qo`yiladi

'Toshkentdan Andijonga qo`shimcha poezd reyslari qatnovi yo`lga qo`yiladi'ning rasmi

Yo`lovchilarga yanada ko`proq qulaylik yaratish maqsadida “Toshkent-Andijon-Toshkent” yo`nalishida harakatini amalga oshirayotgan 60/59-sonli yo`lovchi poezdi 2021 yil 9 dekabrdan boshlab qo`shimcha ravishda haftaning payshanba kunlari ham qatnovini amalga oshiradi.

Ushbu poezd 09, 16, 23, 30 dekabr kunlari amaldagi jadval asosida Toshkent markaziy hamda Andijon temir yo`l vokzallaridan harakatlanadi.

Izoh: Qo`shimcha ma`lumotlarni Toshkent shahrida 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo`l kassalari hamda ma`lumotlar byurosidan bilib olishingiz mumkin.

Boshqa yangiliklar