Germaniya sosial-demokratik partiyasi (SPD) rahbari Olaf Shols Germaniyaga yangi kansler etib saylandi.
Ma`lum qilinishicha, Germaniya sosial-demokratik partiyasi Yashillar va Erkin Demokratik partiya (FDP) bilan koalisiya kelishuvi bo`yicha kelishib olishgan. Kelishuvda Germaniya hukumati 2023 yilda hech qanday yangi soliqlar kiritmaslikka, 2030 yilda ko`mirdan voz kechishga, sanoatni modernizasiya qilishga va uysizlik va bolalar qashshoqligi bilan bog`liq ijtimoiy muammolarni hal qilishga va`da bergan.






