O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi qabul qilinganligining 29 yilligi bayrami arafasida Nukus shahrida yangi bunyod etilgan ko`p qavatli uylar ichki ishlar organlari hamda Milliy gvardiya xodimlariga topshirildi.
Davlatimiz rahbarining 2019 yil 28 noyabr kungi «Ipoteka krediti mexanizmlarini takomillashtirishga oid qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida»gi farmoniga muvofiq, imtiyozli kreditlar asosida qo`rib bitkazilgan 15ta xonadon Qoraqalpog`iston Respublikasi Ichki ishlar organlari, 15tasi Milliy gvardiya xodimlariga tantanali ravishda topshirildi.
Uzoq muddatli imtiyozli ipoteka krediti asosida berilgan ushbu turar joylar 8 dekabr O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi qabul qilinganining 29 yilligi bayramiga ajoyib tuhfa bo`ldi.






