Ijtimoiy tarmoqlarda “Aytishlaricha, kecha Navoiyda «Qoraqata» posti yaqinida haydovchi uxlab qolishi oqibatida yuk mashinasi ag`darilib ketgan” sarlavhasi ostida xabarlar tarqalmoqda.
Holat yuzasidan Navoiy vilotyai IIB rasmiy ma`lumot taqdim etdi.
Ma`lum qilinishicha, kecha, 7 dekabr kuni Konimex tumani hududidan o`tuvchi A-379 avtomobil yo`lida “Damas” rusumli avtomashina “Zarafshon-Navoiy” yo`nalishi bo`yicha harakatlanib borib, qarama qarshi tomonga chiqib, qarama qarshi yo`nalishida harakatlanib kelayotgan “DAF” rusumli yuk mashinasi bilan to`qnashib, yo`l-transport hodisasi sodir etgan.
Natijada “Damas” rusumli avtomashinada bo`lgan haydovchi va bir nafar yo`lovchi vafot etgan.
Hozirgi kunda mazkur holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.






