AsosiyJamiyat

Toshkentda bojxonachilar vagon g`ildiragiga yashirilgan "sir"ni fosh qilishdi

'Toshkentda bojxonachilar vagon g`ildiragiga yashirilgan "sir"ni fosh qilishdi'ning rasmi

“Chuqursoy texnik idorasi” temir yo`l chegara bojxona posti xodimlari tomonidan qo`shni davlat hududidan kirib kelgan yuk poezd tarkibi ko`zdan kechirildi, deya xabar bermoqda davlat Bojxona qo`mitasi.

Tekshiruv davomida poezd vagonlaridan birining g`ildiragi yon ichki qismida oq rangli paketga o`ralgan noma`lum modda borligi aniqlandi.

O`tkazilgan tekshiruvlardan so`ng mazkur modda 20,56 gramm og`irlikdagi "marixuana" giyohvandlik vositasi ekanligi ma`lum bo`ldi.  

Hozirda mazkur holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar