AsosiyJamiyat

Termizdagi yotoqxonada ham portlash bo`lgani yuzasidan rasmiy ma`lumot berildi

'Termizdagi yotoqxonada ham portlash bo`lgani yuzasidan rasmiy ma`lumot berildi'ning rasmi

“Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filiali o`g`il bolalar yotoqxonasidagi elektroshit yonib ketib — portlaganligi aytilmoqda” sarlavhasi ostida video ma`lumot tarqaldi.  

Favqulotda vaziyatlar vazirligining xabar berishicha, ushbu hodisa yuzasidan Surxondaryo viloyati FVBga xabar kelib tushmagan. 

Aniqlanishicha, voqea kecha, 7 dekabr kuni soat 22:00 lar atrofida Surxondaryo viloyati Termiz shahrida joylashgan Toshkent Davlat Texnika Universiteti Termiz filialining o`g`il bolalar yotoqxonasida sodir bo`lgan. Unda binodagi “elektroshit”ga yuqori yuklanish oqibatida tutun chiqqan. Yotoqxona komendanti tomonidan binoning elektr ta`minoti asosiy tarmoqdan uzilgandan so`ng tutun to`xtagan. Ushbu vaziyatda hech qanday yong`in, portlash hodisasi sodir bo`lmagan. Vaziyat oqibatlari universitet elektrigi tomonidan bartaraf etilgan.

Eslatib o‘tamiz: kuni kecha Surxondaryo viloyati Denov shahri Mustaqillik ko‘chasida joylashgan 2 qavatli “Indenim” savdo majmuasi binosida kuchli portlash sodir bo‘lgan edi.  

Portlash natijasida hozircha ikki kishi halok bo‘lgani aytildi.

    Boshqa yangiliklar