AsosiySport

Toshkentdagi og`ir atletika bo`yicha jahon chempionatida ilk g`oliblar aniqlandi

'Toshkentdagi og`ir atletika bo`yicha jahon chempionatida ilk g`oliblar aniqlandi'ning rasmi

Toshkentda start olgan og`ir atletika bo`yicha jahon chempionatida dastlabki g`oliblar aniqlandi. Reglamentga ko`ra, ilk medallar jamlanmasi erkaklar o`rtasida 55 kg vazn toifasida taqsimlandi. Bu haqda MOQ xabar berdi. 

Xabarda aytilishicha, qozog`istonlik Arli Chontey 260 kg natija bilan g`alaba qozondi. Ikkinchi va uchinchi o`rinlar mos ravishda Tailand va Bolgariya vakillariga nasib etdi.  

Og`ir atletika bo`yicha jahon chempionati.  

Erkaklar, -55 kg:  

1. Arli Chontey (Qozog`iston) – 260 kg (118+142)

2. Tada Sambonuan (Tailand) – 256 kg (115+141)

3. Angel Rusev (Bolgariya) – 254 kg (110+144)

    Boshqa yangiliklar