O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasiga hozirgi kunga qadar 16 marta o`zgartirish va qo`shimchalar kiritilgan:
- 1993 yil 28 dekabrda qabul qilingan Qonun bilan Konstitusiyaning 77-moddasi 1-qismidagi “150 nafar deputatdan” degan so`zlar “deputatlardan” degan so`z bilan almashtirildi;
- 2002 yil 27 yanvarda o`tkazilgan umumxalq referendumi natijalariga ko`ra hamda uning asosida 2003 yil 24 aprelda qabul qilingan Qonuniga muvofiq, Konstitusiyaning XVIII, XIX, XX, XXIII boblariga o`zgartishlar va qo`shimchalar kiritilgan;
- 2007 yil 11 apreldagi Qonun bilan Konstitusiyaning 89-moddasiga, 93- moddasining 15-bandiga, 102-moddasining ikkinchi qismiga tuzatishlar kiritilgan;
- 2008 yil 25 dekabrda qabul qilingan Qonun bilan Konstitusiyaning 77-moddasi birinchi qismiga o`zgartish kiritilgan;
- 2011 yil 18 aprelda qabul qilingan Qonun bilan Konstitusiyasining 78, 80, 93, 96 va 98-moddalariga o`zgartish va qo`shimchalar kiritilgan;
- 2011 yil 12 dekabrda qabul qilingan Qonun bilan Konstitusiyaning 90-moddasi ikkinchi qismiga tuzatish kiritilgan;
- 2014 yil 16 aprelda qabul qilingan Qonun bilan Konstitusiyaning 32, 78. 93, 98, 103 va 117-moddalariga o`zgartish va qo`shimchalar kiritilgan;
- 2017 yil 6 aprelda qabul qilingan Qonun bilan Konstitusiyaning 80, 81, 83, 93, 107, 110 va 111-moddalariga o`zgartish va qo`shimchalar kiritilgan;
- 2017 yil 31 mayda qabul qilingan Qonun bilan Konstitusiyaning 80, 93, 108, va 109-moddalariga o`zgartish va qo`shimchalar kiritilgan;
- 2017 yil 29 avgustda qabul qilingan Qonun bilan Konstitusiyaning 99 va 102-moddalariga o`zgartish va qo`shimchalar kiritilgan;
- 2018 yil 15 oktyabrda qabul qilingan Qonun bilan 105-moddaning birinchi qismidagi “ikki yarim yil muddatga raisni (oqsoqolni) va uning maslahatchilarini” degan so`zlar “raisni (oqsoqolni)” degan so`zlar bilan almashtirilgan;
- 2019 yil 18 fevralda qabul qilingan Qonun bilan 80 va 93-moddalariga o`zgartirish kiritilib, Milliy xavfsizlik xizmati Davlat xavfsizlik xizmati deb yuritila boshlandi;
- 2019 yil 5 martda qabul qilingan Qonunga asosan 79, 93 va 98-moddalarga o`zgartirishlar kiritilgan;
- 2019 yil 4 sentyabrda qabul qilingan Qonunga asosan saylov to`g`risidagi qonun hujjatlari takomillashtirilishi munosabati bilan 96 va 117-moddalarga o`zgartirishlar kiritildi;
- 2021 yil 8 fevralda qabul qilingan Qonunlar bilan 117-moddaga saylovlarni oktyabr oyida o`tkazishga oid, shuningdek, 7, 33, 85, 86, 93, 98, 100-moddalarga qonunchilik hujjatlari tushunchasi bilan bog`liq, 107-moddaga sud tizimi islohotlari bilan bog`liq o`zgartirishlar kiritilgan.






