Prezident Konstitusiya kuni arafasida bir guruh mahkumlarni muddatidan avval ozod qilish haqidagi farmonga imzo chekdi.
Mirziyoev bu haqda o`zining o`zbek xalqiga yo`llagan bayram tabrigida ma`lum qildi.
"Xalqimizga xos kechirimlilik, bag`rikenglik va olijanoblik tamoyillariga amal qilgan holda, bilib-bilmay jinoyat sodir etgan, qilmishiga chin dildan pushaymon bo`lib, tuzalish yo`liga qat`iy o`tgan shaxslarga nisbatan afv instituti muntazam qo`llanmoqda. Shu boradagi ishlarimizning davomi sifatida Konstitusiya kuni arafasida yana bir farmonga imzo chekdim. Unga ko`ra, shu toifaga mansub 182 nafar shaxs muddatidan oldin ozod qilinib, erkin hayotga qaytarilmoqda",-deydi Shavkat Miromonovich.
Uning ta`kidlashicha, bu yil 4 mingdan ortiq shaxs sud zalidan ozod qilinib, 8 mingga yaqin fuqaroga nisbatan asossiz qo`yilgan moddalar ayblovdan chiqarilgan, 859 nafar shaxs oqlangan.






